Gastronomik turizm

Gastronomik turizm — bu hududning milliy taomlari, ovqat tayyorlash uslubi va oshpazlik an’analarini o‘rganishga qaratilgan turizm shaklidir. Qashqadaryo viloyati o‘zining boy va xilma-xil milliy oshxonasi bilan ajralib turadi. Shahrisabz palovi, manti, shashlik va tandir non — bu hududda keng tarqalgan va mashhur taomlardandir. Ayniqsa, tandir go‘shti — tog‘ etaklaridagi maxsus tandirlarda pishiriladigan, yumshoq va mazali go‘shtli taom — viloyatning gastronomik ramzlaridan biridir.

Shuningdek, shivit oshi (shivitli lag‘mon), qovurma lag‘mon, tovuq sho‘rva, va qaynatilgan guruchli shurva kabi taomlar ham Qashqadaryo oshxonasining ajralmas qismi hisoblanadi. Qishloq joylarida ekologik toza mahsulotlar asosida tayyorlangan bu taomlarni tatib ko‘rish orqali sayyohlar nafaqat mahalliy lazzatni his qilishadi, balki xalqning turmush tarzi va madaniy merosini ham chuqur anglaydilar.

 

Сармоя киритаётган инвесторлар, барпо этилаётган туризм объектлари: Шаҳрисабзда туризм ривожи

Маълумки, Шаҳрисабз туманида туризмни ривожлантириш учун кенг кўламли ишлар олиб...

Batafsil o'qing

Tizimga kirish