- Bosh sahifa
- Departament haqida
Turizm departamenti haqida umumiy ma’lumot
“Shahrisabz” turistik markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-376-sonli qarori — “Qashqadaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” — asosida tashkil etilgan.
Ushbu qarorga muvofiq, “Shahrisabz” va “Maydanak baland tog‘” turistik markazlarini rivojlantirish va boshqarish maqsadida, Qashqadaryo viloyatida Turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamenti davlat muassasasi shaklida tashkil etilgan.
Departament quyidagi maqsadlarda faoliyat yuritadi:
-
turistik markazlarning meʼmoriy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish;
-
ularning xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish;
-
asosiy turizm yoʻnalishlarida zamonaviy obyektlar qurish;
-
xizmatlar roʻyxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash.
Departament quyidagi faoliyatlar bilan shug‘ullanadi:
-
mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish hamda investitsiya loyihalarini shakllantirish;
-
loyihalarni texnik nazorat qilish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish;
-
birlamchi ruxsat beruvchi loyiha va tanlov hujjatlariga ekspertiza olish;
-
davlat ko‘chmas mulki va yer uchastkalarini auksionga tayyorlash va sotish.
Endilikda Toshkentdan Shahrisabzga ATR 72-600 samolyotlarida!
10-maydan boshlab Silk Avia yangi ufqlarni ochadi va Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni zamonaviy va qulay ATR 7...