Madaniy turizm

Madaniy turizm — bu sayyohlarning biror hududning tarixiy obidalari, urf-odatlari, san’ati, adabiyoti va hayot tarzini o‘rganishga yo‘naltirilgan turizm turidir. Qashqadaryo viloyati, ayniqsa, Shahrisabz shahri O‘zbekiston tarixida muhim o‘rin egallagan. Amir Temur tug‘ilib ulg‘aygan bu shahar va uning atrofida joylashgan tarixiy me’moriy yodgorliklar, madaniy markazlar har yili minglab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.

Shahrisabzdagi Oqsaroy saroyi, Dorut Tilovat va Dorus Saodat majmualari, qadimiy hammomlar, madrasalar va maqbaralar bu yerning madaniy boyligini namoyon etadi. Viloyatda o‘tkaziladigan xalq bayramlari, milliy kiyimlar, kuy va raqslar, adabiy tadbirlar ham madaniy turizmning muhim tarkibiy qismlaridandir. Madaniy turizm nafaqat estetik zavq bag‘ishlaydi, balki yosh avlodga o‘z tarixini, ildizini chuqur anglashga yordam beradi. Shu bois Qashqadaryo viloyati madaniy merosni asrab-avaylash va uni keng targ‘ib qilishda katta salohiyatga ega.

 

Hisorakda yana bir kichik GES qurildi

Hisorakda yana bir kichik GES qurildi

Batafsil o'qing

Tizimga kirish