Agro turizm

Agro turizm — bu sayyohlarning qishloq xo‘jaligi faoliyatida bevosita ishtirok etishi va qishloq hayot tarzini yaqindan o‘rganishi mumkin bo‘lgan turizm turi hisoblanadi. Qashqadaryo viloyatida ushbu turizm yo‘nalishi tobora rivojlanib bormoqda. Kitob, Shahrisabz, Dehqonobod va Yakkabog‘ tumanlarida joylashgan tog‘ oldi va tog‘li hududlar, mevali bog‘lar, tokzorlar va chorvachilik fermer xo‘jaliklari agro turizm uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Sayyohlar mahalliy aholi bilan birgalikda dalada ishlash, meva terish, chorvalarga g‘amxo‘rlik qilish, an’anaviy taomlar tayyorlash va qishloq odatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu esa nafaqat dam olish, balki boy madaniy va amaliy tajriba ham demakdir. Agro turizm orqali mahalliy aholi daromad manbalarini kengaytiradi, yoshlar bandligini oshiradi va ekologik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Ayniqsa, shahar shovqinidan charchagan mehmonlar uchun Qashqadaryoning tinch va toza muhitida hordiq chiqarish eng yaxshi tanlovdir.

 

Сармоя киритаётган инвесторлар, барпо этилаётган туризм объектлари: Шаҳрисабзда туризм ривожи

Маълумки, Шаҳрисабз туманида туризмни ривожлантириш учун кенг кўламли ишлар олиб...

Batafsil o'qing

Tizimga kirish