Shahrisabz shahri va Miraki shaharchasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan madaniy tadbirlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot

  • Bosh sahifa
  • Madaniy tadbirlar
  • Shahrisabz shahri va Miraki shaharchasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan madaniy tadbirlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot
Image

Shahrisabz shahri va Miraki shaharchasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan madaniy tadbirlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot

Mahalliy va xorijiy turistlar dam olishlari uchun yanada qulaylik maqsadida Shahrisabz shahri va Miraki shaharchasida madaniyat vakillari va estrada xonandalari ishtirokida madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

T/r

O‘tkazish joyi

Tadbirlar

1

Shahrisabz shahri

Oqsaroy maydoni

Haftaning shanba va yakshanba kunlari

1) Taniqli boshlovchilar hamda ijtimoiy tarmoqlarda (instagram, tik-tok, facebook va h.k.) eng ko‘p kuzatuvchilarga ega bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar faollari bilan aholi o‘rtasida muloqotlar va Oqsaroy maydonida “Shahrisabz oqshom”larini o‘tkazish.

2) Milliy sanʼatimizning jonli ijrodagi durdona asarlaridan bahramand etish maqsadida Milliy musiqiy shou shaklidagi ijodiy dastur.

3) Koʻcha sanʼati va musiqasi” (street art and music) loyihasi.

4) Yagona shior ostidagi musiqiy va raqs flash-moblar.

2

Miraki shaharchasi

Haftaning shanba va yakshanba kunlari

1) “Miraki oqshom”lari madaniy   tadbirini o‘tkazish.

2) Milliy sanʼatimizning jonli ijrodagi durdona asarlaridan bahramand etish maqsadida Milliy musiqiy shou shaklidagi ijodiy dastur.

3) “Yoshlardan yoshlarga” tamoyili ostida Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarining hisobot konsertlari.

4) “Madaniyat karvoni” loyihasi konsert dasturlari.

5) Yagona shior ostidagi musiqiy va raqs flash-moblar.

3

Shahrisabz shahri

Oqsaroy maydoni

Haftaning shanba va yakshanba kunlari

1) Respublika teatrlari ijodkorlari tomonidan tarixiy shaxslar va milliy qahramonlarimiz siymolari aks ettirilgan sahna koʻrinishlari va ular bilan aholi oʻrtasida jonli muloqot kabi teatrlashtirilgan badiiy dasturlar.

2) “Madaniyat karvoni” loyihasi konsert dasturlari.

3) Milliy sanʼatimizning jonli ijrodagi durdona asarlaridan bahramand etish maqsadida Milliy musiqiy teleshou shaklidagi ijodiy dastur.

4) Yagona shior ostidagi musiqiy va raqs flash-moblar.

4

Miraki shaharchasi

Haftaning shanba va yakshanba kunlari

1) Respublika teatrlari ijodkorlari tomnidan tarixiy shaxslar va milliy qahramonlarimiz siymolari aks ettirilgan sahna koʻrinishlari va ular bilan aholi oʻrtasida jonli muloqot kabi teatrlashtirilgan badiiy dasturlarni.

2) “Madaniyat karvoni” loyihasi konsert dasturlari.

3) Milliy sanʼatimizning jonli ijrodagi durdona asarlaridan bahramand etish maqsadida Milliy musiqiy teleshou shaklidagi ijodiy dastur.

4) Yagona shior ostidagi musiqiy va raqs flash-moblar.

 

* Mazkur dasturlarga Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli oʼzgartirishlar kiritilishi mumkin.

 

** Tadbirlar joriy yilning 20-dekabriga qadar haftaning har shanba kunlari soat 19:00 dan - 23:00 ga qadar o’tkaziladi. 

Tizimga kirish