
Ayol-qizlarga maxsus sertifikat taqdim etildi
Ayol-qizlar hunarmandchilik bo'yicha 288 soatlik kursni tamomlashdi.
Tadbirda markazda tahsil olgan shahrisabzlik ayol-qizlar, Shahrisabz tumani hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari Abdushukur Yangiyev, Shahrisabz tumani hokimi o‘rinbosari – tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shaxodat Kurbonova, Yoshlar ishlari agentligining Shahrisabz tumani bo'limi vakillari hamda mahalliy hunarmand - " korxonasi rahbari Zaynura Hoshimova
Ushbu o'quv kursi 288 soatga mo'ljallangan bo'lib, unda qatnashgan ayol-qizlar milliy kashtachilik, do'ppido'zlik va tikuvchilik bo'yicha bilim va ko'nikmaga ega bo'lib, shu yo'nalishda faoliyat yuritib daromad topish imkoniga ega bo'ldilar.
Ma'lumot uchun, IT va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda UNDP va GIZ xalqaro moliya institutlari ko'magida tashkil etilgan.
Markazda yoshlar IT, chet tillari yo'nalishlarida hamda mahalliy hunarmand Zaynura Hoshimova tomonidan ayol-qizlar milliy kashtachilik, do'ppido'zlik, gilamchilik va tikuvchilik bo'yicha o'qitilib, ularning bandligi ta'minlanishiga ko'maklashib borilmoqda.