
31-yanvar kuni Miraki shaharchasida mehmonxona va xostel xodimlari uchun "Mehmonxona xizmatlarini raqamli texnologiyalar orqali takomillashtirish"ga bag‘ishlangan trening o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtiriladigan va Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi hamda BMTTDning “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida Shahrisabz tumani hokimligi va Chorshanbe shaharchasidagi IT va Tadbirkorlikni rivojlantirish markazi hamkorligida 100 nafar xotin-qizlarga elektron tijorat bo‘yicha ta’lim berish va bu sohada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan treninglar Shahrisabz davlat pedagogika institutining “Yoshlar markazi” binosida tashkil etilmoqda. Ushbu treninglar 27-30 Yanvar kunlari davomida 4 kunlik dastur asosida o‘tkaziladi.