- Bosh sahifa
- Dam olish maskanlari
- Lochin sog'lomlashtirish markazi
- Plazma TV
- Basseyn
- Fitnes markazi
Tavsif
"Lochin" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Miraki MFY, Miraki QFY, 29-uyda joylashgan. Oromgoh 2005-yilda 560 o‘rin bilan faoliyatini boshlagan. 2008-yilda 80 o‘rinli qo‘shimcha yotoqxona, 2009-yilda esa 160 o‘rinli “Piramida” va 180 o‘rinli “Kema” nomli yotoqxonalar qurilib, oshxonasi yangilangan. Hozirda oromgoh har bir smenada 1000 nafar bolani qabul qilish imkoniyatiga ega va yozgi mavsumda jami 4000 nafar bolani dam oldiradi.
Oromgohda bolalarning shaxsiy rivojlanishi, sog‘lig‘ini mustahkamlash, jamiyat hayotiga moslashuvi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Sport o‘yinlari, tanlovlar, musobaqalar, sayohatlar va ekologik sayrlar orqali bolalarning mazmunli dam olishi ta'minlanadi. Oromgohda turli to‘garaklar va seksiyalar faoliyat yuritadi.
Manzil:
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Miraki MFY, Miraki QFY, 29-uy