"Shahrisabz" turistik markazidagi "Miraki" dor yo‘li
"Shahrisabz" turistik markazidagi "Miraki" dor yo‘li turistik markazga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy mehmonlarning maroqli dam olishiga xizmat qilishni boshlashga tayyor.
Ushbu "Miraki" dor yo‘lining tantanali ochilish marosimi joriy yilning 24-iyul kuni soat 18:00 da bo'lib o'tadi.
Tantanali shou dasturi va bayramona konsertga marhamat.
Ma'lumot uchun, “Gold Step Invest” MCHJ tomonidan “Miraki Ropeway” MCHJ buyurmachiligi asosida amalga oshirilgan loyiha qiymati 160 millard so'mni tashkil etadi.
Dor yo‘li ishlab chiqaruvchisi Avstriyaning Doppelmayr Seibahnen GmbH kompaniyasi.
Dor yo‘lida 7 ta minora, shuningdek, 20 ta 8 o‘rinli Carvatech kabinalari mavjud.
Dor yo‘lining umumiy uzunligi 2084 metrni tashkil etib soatiga 660 ta passajirga mo‘ljallangan.
Pastki bekatda dvigatel mexanizmi, lift, suvenir do‘koni, kafe, tibbiyot punkti, ona va bola xonasi, bankomat, avtoturargoh, elektromobillarni quvvatlash stansiyasi joylashgan.
Yuqori bekatda umumiy ovqatlanish shoxobchasi, bolalar o‘yin maydonchasi, tomosha va selfi zonalari mavjud.